Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi

Berlin davlat kutubxonasi saqlanayotgan Boburiylarga oid mazkur hashamatli albomning bir tomonida g‘azallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan.

Amir Temurning katta o‘g‘li Jahongir Mirzoning muraqqasi, yaʼni rasmli albomi deya taʼrif berilayotgan mazkur 120 varaqlik noyob topilma Hindistonda 1650-yillarda chiqarilgan va keyinchalik Yevropaga olib ketilgan. Qiziq tomoni shundaki, albomda Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning g‘azallari turkiy tilda yozilgan.

— Agar Boburiylar o‘zini mo‘g‘ul deb hisoblaganda albom ham mo‘g‘ul tilida yozilgan bo‘lardi. Bu esa Boburiylarni jahon tarixchilari mo‘g‘ullar deya atashini qayta taftish qilish kerakligini anglatadi, - deya fikr bildirgan Berlin davlat kutubxonasi Markaziy Osiyo bo‘limi ilmiy xodimi Aysima Mirsultan.

Boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega. Saroyda forscha, hindcha yoki boshqa tilda gaplashilgan bo‘lishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda ko‘plab turkiy qo‘lyozmalar ko‘chirilgan. Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan bo‘lsa, qolgan 100ga yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi maʼlum qilindi.