“Bibi ona” yodgorligi - Chustning barcha buloqlarining debochasi hisoblanadi.
Afsonada aytishlaricha, Bibi Ona malika bo‘lgan uning nomi bilan atalgan suv esa shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Buloqqa, butun mamlakatdan ko‘z kasalliklari va hattoki bepushtlikdan davolanish uchun ham kelishadi. Qishloqdagilarning aytishicha, agar inson buloq suviga to‘liq cho‘msa,barcha yomon xayollardan qutulib xotirjamlikka erishar ekan.

Bibi Naima Onachortoq tumanida joylashgan. Bu yerda tiniq suvli hovuz mavjud.
Hovuz, Avliyo Sulton Uvays qaroniyning onasi - Bibi Naima Ona maqbarasining quyi qismida joylashgan.
Ushbu tarixiy yodgorlik, XII-XIII – asrlarda barpo etilgan. Ziyoratgoh hududi obodonlashtirildi va ziyorat marosimlarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.