Bibixonim maqbarasining devorlari Qur’ondagi oyatlar bilan bezatilganmi?

Bibixonim maqbarasi - qurilgan davrda juda hashamatli va mahobatli bo’lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan.
Maqbaraning ichki tuzilishi, xuddi Go’ri Amir maqbarasidek ikki, qavatli, pastda sag’ana, tepada esa ziyoratxona bo’lgan. Maqbaraning gumbazi yiqilganidan so’ng unig ichiga qor-yomg’irlar tushib sag’ananing tomi ham yiqilib tushgan.
1941 yili arxeolog Yahyo Fulomov rahbarligidagi olimlar maqbarada qazish ishlarini olib borishib, shu paytgacha no’malum bo’lgan ko’pgina narsalarni aniqladilar.
Shu paytgacha, sag’ana o’rtasidagi bo’sh yerning tagida yashirin qabrlar mavjud, degan taxminlar bor edi.
Bu yer qazib ko’rilgada, bu yerda hyech qanday yashirin qabr yo’qligi ma’lum bo’ldi.
Shuningdek, ekspedisiya a’zolari maqbara XI-XII asrlarga oid madaniy qatlam ustida bunyod qilinganligini aniqladilar.
 

  • Bibixonim madrasasi – Samarqandning ko’hna qismida, Amir Temur jome’ masjidining kunchiqar tomonida, bundan olti asrlar ilgari barpo qilingan, mo’jazgina, asrlar yukidan beli bukchayib qolgan bir me’moriy obida qad rostlab turibdi. 
  • Koshinlar, oʼyilgan marmar va naqshlar bilan bezatilgan Bibixonim masjidi XX-asr oxirida vayrona holatidan qisman tiklanganligini bilasizmi?
  • Masjidning qurilishi 1399-yil may oyida boshlangan va qurilishga Hindiston, Eron, Xorazm, Oltin Oʼrda kabi mamlakatlardan ustalar jalb etilgan.
  • 1404-yilning sentyabriga kelib, majmuaning asosiy qismi qurib bitkazilgan.
  • Rivoyatlarga koʼra, masjid Аmir Temurning suyukli rafiqasi sharafiga nomlangan.


O’sha davrda yashagan bir shoir Bibixonimning go’zalligi haqida: “Uning go’zalligini so’z bilan anglatish mushkul, chunki ul har qanday go’zal so’zdan-da go’zaldir”-deb yozgan ekan.
Bibixonimni aql-farosati, mehribonchiligini Amir Temur yuksak baholar edi, shu sababli, sohibqiron oqila malikaga temuriy shahzodalarning tarbiyasini ishonib topshirgan edi.
Bibixonimga tabiat ona bo’lish baxtini bermagan edi, u bor mehr-muhabbatini Mirzo Ulug’bek, Muhammad Sulton, Xalil Sulton kabi suyukli nabiralariga baxsh etdi.



Bibixonim o’z sarmoyasidan Samarqandda ulug’vor madrasa bunyod qildi, olimlar shoirlar va me’morlarga g’amxo’rlik qildi. Arab tarixchisi Ibn Arabshohning yozishicha, uni Xalil Sultonning xotini Shodimulk yashirin ravishda zaharlab o’ldirgan… Hozirgi kunlarda Bibixonim mangu uyquda yotgan maqbara ta’mirlanmoqda, yana o’z asliga qaytmoqda, bu yerga ziyoratga kelayotganlarning soni kundan kunga oshib bormoqda…