Turk va islom sanʼati muzeyi kutubxonasi hamda Ibn Sino asarlari

Turk va islom sanʼati muzeyi kutubxonasi hamda Ibn Sino asarlari


Sulaymoniya madrasalaridan birida joylashgan Turk va Islom sanʼati muzeyi 1914 yil 14 aprelda ish boshlagan.


 Uning fondida arab, fors va turk tillarida  2251 jild qoʻlyozma asarlar jamlangan.


Muzey kutubxonasida islom davriga oid noyob mushaflar va boy bezatilgan qoʻlyozmalar saqlanadi.
Hozirgacha qo'lyozma  asarlarning tizimli kartotekasi mavjud emas.


Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, qo'lyozmalar nafis husnixatlarda yozilgan.


 Ushbu muzeyda saqlanayotgan qoʻlyozmalardan birida 1431 yilda Hirotda Nizomiy Aruziy Samarqandiy (XII) tomonidan koʻchirilgan “Chahor maqola” (“Toʻrt maqola”) nusxasiga ishlangan,  Ibn Sinoning bemorni davolayotgani haqidagi ajoyib miniatyura mavjud. 


Ulugʻ yurtdoshimizning goʻzal husnixati namunalari bo’lgan qoʻlyozmalari
va miniatyura tasvirlari yuqorida tilga olingan uchta to'plamda taqdim etilgan.