Boburning ruboiylari «Dеvoni» Raza kutubxonasiga qanday kеlib qolgan?

Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Shohjahon hukmronligi davrida Agra va Fotihpur-Sikri shaharlarida joylashgan Boburiylar sulolasining shoh kolleksiyasi Shohjahonobodga (hozirgi Eski Dehlidagi qal’a-shahar) ko‘chirilgan.

 

O‘shandan keyin voqealar shunday rivojlanganki, imperator Avrangzeb hukmronligi oxiriga kelib imperiya butunlay tanazzulga yuz tutgan. Asta-sekin podsholik fondining bir qismi bo‘lgan qo‘lyozmalar ham kutubxona muhofizlari ixtiyoriga topshirilgan. 

Bu payt zodagonlar ularni qo‘lga kiritish uchun yetarlicha mablag‘ga ega bo‘lishgan. Shu sabab noyob kitoblar ularga sotila boshlangan. Shu tariqa navoblarva san’at ixlosmandlari ushbu xazinalarning yangi egalariga aylanganlar. Dehli va Lakxnauning tanazzuli Rampur uchun foydali edi. Rampurning navoblari ushbu tashlandiq shaharlarda arzongarovga sotilayotgan noyob qo‘lyozmalarni sotib olish uchun o‘z vakillarini yubora boshlashgan.

Shu tariqa Bayram Xon va imperator Shohjahon tomonidan tasdiqlanib imzolangan, imperator Boburning o‘z qo‘li bilan sanalari yozilgan, uning eng noyob ruboiylari «Devon»i Raza kutubxonasiga kelib qolgan. Bugungi kunga qadar uni kim sotganligi va kim sotib olib kutubxonaga topshirganligi haqidagi ma’lumotlar tijorat siri bo‘lib qolmoqda. Bir paytlar navoblar ta’sir doirasiga ko‘ra podshohlar bilan teng sanalgan.

Mavzuga doir batafsil maʼlumotni “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” turkumidagi “Oʻzbekiston adabiy merosi Rampur Razo kutubxonasi toʻplamida” (XXXIII jild) kitob-albomidan bilib olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.