Bolalar poyabzali kavush, ichigi va mukki

Poyabzal tayyorlash har qanday boshqa hunarmandchilik turlari kabi hunarmandchilik va chinakam sanʼat o‘rtasidagi faoliyat bo‘lib kelgan.

Kosib ustalar poyabzallarni charmgar-ko‘nchilar oshlagan qo‘y (charm), echki (kayroqi, bo‘zi), ho‘kiz (bulg‘or) va boshqa turdagi terilardan tayyorlangan charmdan tikishgan. Charmlar har xil rangga bo‘yalgan.

Bolalar kavushlar, ichig, mukki, choriq etiklar va boshqa turdagi poyabzallar kiyganlar. Bolalar ichig maxsisi yumshoq qizil jigarrang charmdan tikilgan. 20-asr boshidan past tovonli va oldi o‘tkir yopiq tumshuqli fabrika rezina kalishlari charm kavushlarni siqib chiqara boshladi. Ular rus zavodlari tomonidan O‘rta Osiyoda sotish uchun ishlab chiqarilgan. Charm kavushlar diniy marosim, xususan, dafn marosimi liboslarida saqlanib qolgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.