Bolinpo‘shni yostiqqa jild sifatida ishlatishgan. Mazkur namuna Buxoro kashtachilarining asaridir.
To‘rt chiziqli paxtali polotnoning yorqin asosida nafis tuslarga boy, bejirim naqshlardan iborat bu kashta Buxoro maktablari uchun o‘zgacha ahamiyatga ega. Rang tuslarining har xilligi tikilgan ipak iplarning turli usullarda bo‘yalganidan darak beradi. Natijada iplar turli qalinlikda bo‘lib ko‘rinadi. Hoshiyadagi bosma choki bilan tikilgan uchta ko‘k gulni hisobga olmaganda, boshqa naqshlar zanjirli chok bilan tikilgan. Katta naqshlardagi bir qancha zanjirli choklar badiiy tasvir sanʼatini tasvirlash uchun xizmat qilgan. Kashtadagi naqshli tasvirlar matoning ulangan joylarida biroz bir-biriga to‘g‘ri kelmasa-da, qo‘l mehnatining jozibasi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.
XIX asrning oxiridan boshlab Buxoro kashtachiligida yana-da yorqin va aniq tasvirdagi naqshlarni uchratish mumkin. Ushbu namuna yonma-yon ulangan to‘rtta uzun bo‘lakli bo‘yalmagan paxta matosidan (xomsurp) tikilgan. Foydalanilgan ipak ip – oldingi bolinpo‘sh kabi bir xil usulda bo‘yalgan. Ranglar bu safar yana-da yorqin jilo bilan ifodalangan. Zanjirli, ikki qator zanjirli chok va bosma chok bilan tikilgan kashtalarda atayin bitkazilmagan ko‘p naqshlar qolgan. Masalan, markazning o‘ng qismi teparog‘ida joylashgan gul. Ushbu kashtani Praga milliy galereyasida uchratishingiz mumkin.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Chexiya Respublikasi to‘plamlarida” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.