Bosma va zanjirli choklar tayanch sifatida tikiladigan choklar hisoblanadi.
Bosma chokida ilgak mato asosiga bir xil masofada joylashgan yanayam qisqa, qiyaroq ilgak bilan mahkamlanadi. Bunday chok mahalliy hududga qarab farqlanadi. Ularning o‘rtasidagi farqni faqatgina kashtaning kelib chiqqan joyi belgilaydi. Samarqand, Urgut va ular yaqinidagi kashta tikiladigan boshqa markazlarda XX asrdan boshlab bosma bezagi bilan birga boshqa iroqi chok – kandaxayol ishlatila boshlangan.
Yurma (zanjirli) choki ilgak yoki igna yordamida tikilgan. Bu chok kontur chiziq, barg, hoshiyaning chetlarini ajratganda va tepa qismini to‘ldirish uchun ishlatilgan. Unchalik ommalashmagan chok ikkita zanjir ko‘rinishida bo‘lgan. XIX asrning oxiriga kelib, zanjirli choklar bilan tiksa bo‘ladigan tikuv mashinalari paydo bo‘ldi. Chokning boshqa ommalashgan turi iroqi bo‘lgan. Iroqi choki yarim xoch shaklida tikilgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Chexiya Respublikasi to‘plamlarida” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.