Buddizm yo'nalishidagi oliygoh borligini bilarmidingiz?

Kioto shahridagi Ryukoku universiteti budda oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, u 2019 yilda tashkil etilganining 380 yilligini nishonladi.

 

Ushbu oliy ta’lim dargohi o‘zining uzoq yillik tarixi davomida nafaqat buddizm yo‘nalishida, balki ijtimoiy va texnika fanlari yo‘nalishida ham tadqiqotlar olib bordi, shu qatorda ta’lim faoliyatini, amalga oshirib kelmoqda. Ayni vaqtda ushbu dargohda 18 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.

Ryukoku universiteti huzuridagi muzey 2011 yilda ochilgan. Muzey g‘oyasi buddizm g‘oyasini namoyish etgani bois uni haqli ravishda «Buddizm muzeyi» deb atash mumkin. Bu yerda universitetning butun tarixi davomida to‘plangan ilmiy materiallar hamda turli mavzularga oid ko‘rgazmalar ham namoyish etib turiladi. 

San’at asarlari orasida «Otani to‘plami» deb ataladigan to‘plamga mansub noyob buyumlar ham mavjud. Bu yodgorliklar Nisi-Xongandzi ibodatxonasining yigirmanchi bosh ruhoniysi Otani Kodzuy tomonidan 1902 yilda tashkil etilib, Osiyoning turli hududlari bo‘ylab tashkil etilgan ekspedisiyalar davomida to‘plangan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.