"Bunyodkor" stadioni yoki "Humo Arena" muz saroyi?

1 - 14 000 — «Humo Arena» muz saroyi shuncha tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

U ko‘p tarmoqli maydoncha sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, bu yerda muz ustida xokkey,
short-trek, figurali uchish kabi qishgi sport turlari, shuningdek boks, basketbol, voleybol va
boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish mumkin.

Majmua hududida sport muzeyi, yopiq bolalar maydonchasi, mashg‘ulot zallari, fitnes-markaz,
umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sport inventarlari do‘konlari va boshqa ob’ektlar mavjud bo‘ladi.

Humo Arena 2018 yil kuzida foydalanishga topshiriladi.


2 - 34 000 tomoshabin "Bunyodkor" stadionidan joy oladi.

U 2012 yil 28 sentyabrda o‘zbek futboliga 100 to‘lgan sanada ochilgan.

Stadion 56 gektar maydonni egallaydi.