Buxoro ayollarining bosh kiyimi qanday ko'rinishga ega bo'lgan?

Haramdagi ayollar XIX – XX asr boshlarida, asosan zar iplar bilan tikilgan kaltapo‘shak deb nomlangan bosh kiyimi kiygan.

U old gardish, chuqur va to‘g‘ri burchakli uzun, ikki tomoni ochiq qopchiqdan iborat edi. Qopchiqdan soch o‘tkazilgan. Kaltapo‘shakning ustidan ro‘mol tashlangan. Ro‘mol ustidan o‘simliklar va geometrik shaklli zarhal naqshlar tushirilgan peshonaband bog‘langan. Peshonaband ustidan esa zar bilan to‘qilgan shoyi rido ro‘moli tashlangan. Rido uchburchak shaklga ega bo‘lgan. U afg‘on ro‘molini diagonal bo‘yicha ikki qismga bo‘lib tayyorlangan. Bog‘ich pastroq, yumshoq bo‘lib, boshga mahkam yopishib turgan.

Boshqa o‘zbek anʼanaviy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLVIII jild), (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.