Buxoro qаchon Shаyboniylаr hokimiyatining mаrkаzi bo‘lgаn?

Maʼlumki, XVI asr ikkinchi yarmi 1530 yillarda shayboniylar hokimiyatining markazi Buxoro bo‘lgan.

1539—1550 yillar hukmronlik qilgan Аbdulazizxon qo‘l ostida hirotlik xattot ustalar, jumladan, 1529 yilda Buxoroga keltirilgan va shu yerda 1544 yilda vafot etgan Mir Аli al-Husayniy al-Hiraviy alkotib al-Hoqoniy ishlagan. Sultonali Mashhadiyning shogirdi bo‘lgan Sulton Muhammad Nur ham bir qancha vaqtini Buxoroda o‘tkazgan. 

Movarounnahr kitobat sanʼati ayniqsa, XVI asr ikkinchi yarmida shayboniylar sulolasining hukmdori Аbdullaxon II (1557–1599) saroyi ustaxonasida gullab-yashnagan. Bu yerda fors adabiyoti namunalari bo‘lmish asarlar, xususan, Saʼdiy va Jomiy qalamiga mansub asarlarga ajoyib suratli bezaklar ishlangan, ular qatoriga kichik kulliyot-to‘plamlari yoki «Xamsa»larnigina emas, alohida dostonlarni ham kiritish mumkin.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «XV–XVII asrlar Movarounnahr kitobat san'ati» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.