Buxoro zamini qadim zamonlardan ilm-fanning turli yo‘nalishlarida olimlar yetishtirib berdi...

Buxoro shaharning buyukligini unga, shubhasiz, islom dini olib keldi.

Buxoro vohasida juda qadim zamonlardan bir qancha yirik shaharlar bo‘lgan: Poykent, Romiton, Varaxsha va Vobkent shular jumlasidan.
Buxoro shahrining yoshini tarixchilarimiz 2 500 yildan ko‘proq deb hisoblashadi.
Buxoroda somoniylar va qoraxoniylar davrida ko‘plab qurilish inshootlari, madrasalar, masjidlar, jamoat binolari, hammomlar qurildi.

  • Markaziy Osiyodagi ilk madrasa ham aynan Buxoroda qurilgan bo‘lib, u Farjak deb nomlangan.

Ushbu binolardan ko‘pchiligi mo‘g‘ullar bosqini paytida buzib tashlandi. Mo‘g‘ullardan oldingi qurilishlardan Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Vobkent minorasi, Mag‘oki attor kabi inshootlar saqlanib qoldi.


 

Buxoroga tashrif buyurgan har bir sayyoh borishi shart bo‘lgan bir qancha tarixiy binolar bor. Ular Ismoil Somoniy maqbarasi, Poyi kalon majmuasi, Sitorai Mohi-Xosa saroyi.

Ismoil Somoniy maqbarasi IX–X asrlar noyob yodgorlik majmuasi hisoblanadi. Sababi u islom olamidagi ilk bunyod etilgan maqbaralardan, shuningdek, gumbazli qilib qurilgan ilk maqbara hisoblanadi.
Binoning tarxi kvadrat shaklda bo‘lib, to‘rt tomoni bir xil 11 metrni tashkil qiladi. Bino tomi gumbaz bilan yopilgan. To‘rt tomonidan kirish eshiklari bo‘lgan, hozir faqat bir tomonidan kiriladi.
Kirish eshigi tepasidagi yog‘och lavhda maqbara qurilganiga doir yozuvlar qismlari saqlanib qolgan. Maqbaraning o‘ziga xos jihati g‘ishtlarining xuddi to‘qilgandek qilib terilganidir.

           

Aynan mana shu uslub uning quyosh nuri tushishiga qarab o‘z rangini o‘zgartirib turishiga yordam beradi! Bu o‘z navbatida binoning bezagi ham hisoblanadi.
Devorning to‘rt tarafidan yuqori qismida kichik darchalar qo‘yilgan bo‘lib, maqbara ichidagi havoning mo‘tadillashib turishiga va havo aylanishiga yordam beradi.
Uning bu paytgacha yetib kelishiga uzoq yillar qum ostida saqlangani sabab hisoblanadi. XX-asrning 30-yillarida arxeolog Shishkin izlanishlari natijasida uning joyini aniqlab, atrofidagi qumliklarni olib tashlaydi.
Maqbara atrofi qabriston bo‘lgan bo‘lib, Kirov parki qurilishi sababidan qabriston boshqa hududga ko‘chirilgan. Bugungi kunda maqbara joylashgan hudud Buxoro markaziy istirohat bog‘i deb yuritiladi.
Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pillapoya aylanma zina orqali chiqiladi.
Masjidi Kalon tomonidan minoraga o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. Minorai Kalonning o‘zagi ham, bezagi ham chorsi g‘isht ganchxok loyida terilgan.
Bezak g‘ishti o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasaviy shakldagi bejirim bezakli halqalari g‘ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan.
           


 

Buxoro shahri ISESCO tomonidan 2020-yil “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilingan...