Buxoro zargarlik buyumlari

O‘zbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi Davlat Muzeyi Ekspozitsiyasining vitrinalaridan biri Buxorolik zargarlarning mahsulotlari uchun ajratilgan.

Ular orasida peshonaga taqiladigan, oshiq-moshiq bilan bog‘langan to‘rtburchak kumush plastinalardan iborat tasma shaklidagi, bagrak deb ataluvchi qadimiy bezak, sirg‘alar, bilaguzuklar, chakka taqinchoqlari va ichiga duolar joylanadigan tumorlar bor. Buxoroda tumorlar uchburchak, to‘rtburchak, ko‘pburchak, silindrsimon yoki oval qutilar shaklida yasalgan. Tumorlarni ehtiyotkorlik bilan filigran, donador yoki emal bilan, baʼzida esa shabaka o‘ymakorlik uslubidagi naqshlar bilan bezatishgan. Qadimgi davrda ayollar tumorning ichida qog‘ozga yozilgan duo va oyatlarni saqlashgan va bu ularni turmush qiyinchiliklaridan himoya qilishiga ishonishgan. Ularning prototipi silindrsimon igna qutilari bo‘lib, unda ayollar tikish uchun mo‘ljallangan ignalarni doim yonida saqlash uchun ko‘ksida olib yurishgan.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.