Buxoroda XVIII asrga oid tarixiy obida topilgani haqida.

Buxoro shahridagi Imom Al-Buxoriy mahallasi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida,
mahallaning Mirza G‘afur ko‘chasida yer tagida qolib ketgan tarixiy obida topilgan.

Xabarlarga ko‘ra, topilgan tarixiy obida XVIII asrga oid karvonsaroy, yoki madrasa ekanligi taxmin qilinmoqda.
Topilmaning ikki metrdan ortiq qismi qum ostida qolib ketgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda tarixiy bino ikki qavatdan iborat bo‘lib,
birinchi qavati saqlab qolinmagan.
Faqatgina ikkinchi qavatdan yettita vayronaga aylangan hujra topilgan.