Bugungi Buxoro vohasi hududlaridan topilgan dastlabki zargarlik bezaklari bronza davriga (miloddan avvalgi II ming yillik – I ming yillik boshlariga) mansubdir. XVI asrda shaharning markaziy bozorida zargarlarga Toqi zargaron (zargarlar gumbazi) deb nomlangan maxsus joy ajratilgan. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoroda zargarlik san’ati ravnaq topdi. Saroy ustaxonalarida ustalar, asosan, oltindan turli buyumlar yasagan. Ta’kidlash lozimki, qadimdan oltin quyoshning va erkaklar jasurligining sehrli kuchi, kumush esa ayollik ibtidosining timsoli bo‘lgan.
“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLVIII jild), (1-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.