Turizm va sport vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi ishchi guruhi tomonidan moddiy madaniy meros obyektlari yoki
ularning qismlarini ijaraga berishda qonun buzilish holati aniqlandi.
Bosh Prokuratura tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda, vaziyat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik 16-asrda Joʻybor xojalari qurdirgan.
— Madrasa, masjid, minora, hovuz va saroydan iboratdir.
Madrasaning sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomonida bir qavatli hujralar va mezana bor.
Peshtogʻi gʻarbda. Ravoq ustidagi qanosi oʻsimliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan.