Buxoroni Fransiya, Turkiya, Eron va Hindiston bilan bog'lagan zardo'zlik

XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida zardo‘zi kashtachilik uchun asosiy mato sifatida barqut (baxmal), kamdan-kam hollardagina shoyi, mahalliy yarimshoyi mahsuloti hisoblangan olacha, jun gazlamalar, muslin va charm ishlatilgan.

Zardo‘zi baxmal matolar asosan erkaklarning to‘nlariga, shuningdek, ot yopig‘i va poyabzallarga ishlatilgan. Erkaklarning to‘nlari asosan Rossiyada, shuningdek Fransiya, Turkiya, Eron, Shom o‘lkasi va Hindistonda ishlab chiqarilgan baxmaldan tikilgan. Fabrikada tayyorlangan baxmal sidirg‘a, yo‘l-yo‘l chiziqli, to‘rsimon va hoshiyali bo‘lgan. 

Ayniqsa ular ichida yashil, qizil, binafsha rang va ko‘k sidirg‘a baxmalga talab katta bo‘lgan. Shuningdek, Buxoro baxmalidan ham foydalanilgan. Kashta iplari asosan Hindistondan keltirilgan. XIX asr o‘rtalaridan boshlab Rossiya zar iplarning asosiy ta’minotchisiga aylangan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.