Buxoroning mashxur zardo‘zi do‘ppilari

Do‘ppilardagi shakl, rang va naqsh bezaklari maʼlum bir hudud aholisi turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi.

Do‘ppilar oltita asosiy guruhga bo‘linadi: Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm-Qoraqalpoq.

Buxoro zardo‘zi do‘ppilari ayniqsa juda mashhur. Ularni tayyorlashda faqat turli rangdagi silliq baxmaldan foydalaniladi. Kashta tikishda Buxoro kashtado‘zlari asosan islimiy naqshlardan foydalanadilar: bodom, turunj (noranja), to‘pbarggul, palmetta hamda aylana, romb va boshqa handasaviy shakllar. Ko‘k, kulrang va to‘q qizil ranglarning nafis birikmasi Buxoro kashtalariga o‘ziga xos naqshinkorlik bag‘ishlaydi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.