“Buyuk ajdodlar merosi - Uchinchi Renessans poydevori” forumi doirasida Markaz binosida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan 2024 yil 3 iyul kuni “Buyuk ajdodlar merosi - Uchinchi Renessans poydevori” O‘zbekiston olimlari forumi doirasida Markaz binosida ko‘rgazma tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada Markaz tomonidan 2024 yil 10-13 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Kecha, bugun va kelajakda” nomli ilmiy-amaliy seminarlarda bildirilgan taklif va tavsiyalarga, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus stendlar, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Butunjahon jamiyati tomonidan chop etilgan kitoblar, shuningdek, Markaz muzeyi ekspozitsiyasida namoyish etilishi rejalashtirilgan ayrim eksponatlar (Islomdan avvalgi davrda Markaziy Osiyo, Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi, Taʼlim, Ilm-fan, Shaharsozlik va meʼmorchilik, Sanʼat va badiiy hunarmandchilik, Anʼanalar bo‘limlari kesimida) namoyish etildi.
Sopollitepadan va Jarqo‘tondan topilgan sopol buyumlar, Sak qabilasi jangchisining bronza dubulg‘asi, Kushon shahzodasi, Ibn Sinoning “Al-Qonun fit-tibb” asari, Dalvarzintepa xazinasi, Gijduvon va Kattaqo‘rg‘on laganlari, Armilyar shar modeli shular jumlasidandir.
_5xRvIal_1.webp)





