Charmdo‘zlar charmdan nimalar yasashgan?

O‘zbekiston amaliy san’atida charmdan yasalgan badiiy jihatdan bezatilgan buyumlar alohida o‘rin tutadi.

DSMda ushbu hunar turining Samarqand va Buxoro ustalari tomonidan yaratilgan kichik, biroq mazmunli kolleksiyasi mavjud. Ular uchun turli hayvonlarning terisi xomashyo sifatida xizmat qilib, ulardan yashil saxtiyon teri, rangli, yumshoq ko‘n va saxtiyon, zamsh ishlab chiqarilgan. Charmdan yasalgan buyumlar bosib solingan naqshlar, kashta, rangli teridan tayyorlangan applikatsiya, o‘ymali kumush qoplama bezaklar bilan bezatilgan. 

XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Samarqand va Buxoroning sershovqin bozorlarida mohir charmdo‘zlar buyurtmachining ko‘z o‘ngida ovchilarning zamsh ishtonlari, mo‘ynali charm etiklar, yostiqlar, hamyonlar erkaklar belbog‘ini chiroyli naqshlar bilan bezab berishgan. Mohirlik bilan ishlov berilgan charm hamyon namunasi muzey ekspozisiyasidan joy olgan.

Bosma naqsh tushirilgan nafis naqshlar o‘sha davrning olimlari va ilohiyot mutaxassislari foydalangan qog‘oz solinadigan juzgirlar jildi va muqovasini qoplagan. Ot abzali, sandiqcha, erkaklar belbog‘ini bezatish ham charm ishlari ustasining ishi bo‘lgan. Buxorolik charmdo‘zlar shuningdek chorvadorlar tomonidan yuqori qadrlanadigan chinni idishlarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus g‘iloflarni ham yasaganlar. Shunday g‘ilofning ajoyib namunasi DSM kolleksiyasida saqlanmoqda. 

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.