Darvish Ali Changiy kim bo‘lgan?

Kavkabiyning yaqin izdoshi va solnomachisi, o‘rta osiyolik taniqli musiqashunos, musiqa nazariyachisi, shoir, saroy sozandalari rahbari (mehtar) va bir qator zalvorli asarlar muallifi Darvish Ali Changiy (XVI asrning 2-yarmi – XVII asrning 20-yillari) bo‘lib, u Najmiddin Kavkabiyning shogirdi Hasan Kavkabiydan ta’lim olgan.

Darvish Ali Changiyning «Musiqa haqidagi risola»si dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridagi musiqa mutaxassislariga yaxshi tanish. Ushbu asarda muallif musiqa san’ati rivoji, uning Markaziy Osiyoda, turli davrlarda, xususan, XV – XVI asrlarda yashagan arboblari haqida so‘z yuritiladi. Ushbu risolaning Buxoroda ko‘chirilgan nusxasi keyinchalik Sankt-Peterburgga keltirilgan bo‘lib, ayni paytda Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda (№D 403).

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.