1948 yilda kutubxonaga buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy nomi berildi va 350 o‘rinli o‘quv zallariga ega uch qavatli yangi binosi ochildi.
1970-yillarda yangi – ilmiy-tadqiqot bo‘limi, madaniyat va san’at bo‘yicha ilmiyaxborotlar bo‘limi, depozitar saqlash, nazorat-dispetcherlik xizmati, yoshlar bo‘limlari tashkil qilindi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasining qo'lyozma va kitob merosi” kitob-albomida (XLI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.