Dina Xisamova: “O‘zbekistonning qilayotgan ishlari hayratlanarli, boshqa xalqlarga esa o‘rnak”

“Men O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati kongressida birinchi marta ishtirok etyapman va mamlakatning o‘z merosini asrab-avaylash borasida bunday yuksak xalqaro darajada amalga oshirayotgan ishlaridan juda hayratdaman".

 

"Ko‘lami, maʼruzalar soni, maʼruzachilar darajasi va milliy merosni xalqaro miqyosda kataloglashtirish bo‘yicha ulkan ilmiy ishlar juda taʼsirlantirmoqda. Siz jiddiy xalqaro tadqiqot platformasini yaratdingiz, unga nafaqat yirik muzeylar va kutubxonalar, balki butun dunyoning xususiy nashrlar va kichik kolleksiyalari ham katta tashabbus bilan qo‘shildilar. 

Butunjahon jamiyati jamoasi ko‘plab mamlakatlar sharqshunos olimlarida o‘zbek obyektlarini izlash maqsadida ularning to‘plamlari va fondlarini yana-da chuqurroq o‘rganishga qiziqish uyg‘otgani ham muhim ahamiyatga ega. Tatariston Respublikasi, Davlat Tasviriy sanʼat muzeyiga bag‘ishlagan, ushbu kongressda taqdim etgan kitobimiz ham shular jumlasidan. Butunjahon jamiyati murojaatidan so‘nggina biz kolleksiyamizda O‘zbekistonning naqadar ajoyib toplamlari saqlanishini anglab yetdik va birinchi marta muzeyimiz kolleksiyasidagi mutlaqo hayratlanarli kashfiyotlarga oydinlik kirituvchi tadqiqot o‘tkazdik. 

Binobarin, O‘zbekiston amalga oshirayotgan ishlar shunchaki hayratlanarli, bu boshqa xalqlar va davlatlar uchun o‘ziga xos namunadir. Jamiyatingizning ikkinchi muhim vazifasi shundaki, siz tufayli biz, turli mamlakatlar olimlari dunyoqarashimizni kengaytira olamiz, boshqa mamlakatlardagi hamkasblar bilan uchrashamiz, tajriba almashamiz. Bu bizga mustahkam ilmiy aloqalarni o‘rnatish va o‘z muzeylarimiz kolleksiyalariga boshqa nuqtai nazardan qarash imkonini beradi. Bu xalqaro madaniy hamjamiyatni saqlash va rivojlantirish uchun prinsipial ahamiyatga ega.

Mamlakatingiz va ayniqsa, men ko‘p eshitgan, lekin hech qachon ko‘rmagan mutlaqo betakror Abadiy shahar menda katta taassurot qoldirdi. Bu haqiqiy sensatsiya, O‘zbekiston haqli ravishda faxrlanishi mumkin bo‘lgan joy”, deydi Tatariston Respublikasi Davlat tasviriy san’at muzeyi direktori o‘rinbosari Dina Xisamova