Do'ppidan tortib dutorgacha... Yohud Yaponiya muzeyidagi o'zbek nafasi

Tenri (Nara prefekturasi) universitetining Sankokan muzeyining sharqiy bo‘limi Eron, Iroq, Misr va O‘rtayer dengizi mintaqasidan iborat keng jug‘rofiy hududni qamrab olgan.

Uning birmuncha e’tiborga molik ashyolari sirasiga shumerlar hukmdori Gudeaning bosh haykali va oltin sosoniylar davriga mansuboltin suvi yugurtirilgan buyumlar kiradi.

O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid ashyolar haqida gapiradigan bo‘lsak, muzey to‘plamida ularning soni oltita bo‘lib, ulardan beshtasi etnografik va bittasi arxeologik ashyo hisoblanadi. Ashyolar orasida paxta so'zana, duxoba do'ppi va hatto milliy cholg'u asbobi bo'lmish dutorni ham uchratish mumkin.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi  Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.