Do‘ppilar qachon paydo bo‘lgan?

Do‘ppi tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi.

 

VI–VII asrlarga oid saqlanib qolgan devoriy rasmlar, ilk o‘rta asr terrakota haykallari, tangalar va XV–XVI asrlarga oid miniatyuralar bunga guvohlik beradi. Samarqand shahri va Samarqand viloyati hududida hanuzgacha do‘ppi maʼnosini anglatish uchun turkcha qalpoq so‘zidan foydalaniladi. Muzey fondida XVII asrning atoqli ruhoniysi, buxorolik qonunshunos shayx Mavlono Sharifga tegishli bo‘lgan kuloh (konussimon qavilgan do‘ppilarning ilk turi)ning kamdan kam uchraydigan nusxasi saqlanadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.