Do‘ppilardagi naqshlar kashtado‘zlarning ajoyib mahoratini, milliy o‘ziga xoslikni namoyish etib, xalqning ruhiyati, hayotga va tabiatning yorqin ranglariga bo‘lgan muhabbatini, jozibali anʼanalarda atrofdagi olam ranglarini gavdalantirishga bo‘lgan intilishini ifoda etadi.
Do‘ppilarni bezashda islimiy, zoomorfik, handasaviy, epigrafik naqshlardan foydalanilgan.Handasaviy mavzudagi bezaklar qishloq xo‘jaligi madaniyati bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘plab do‘ppilar nomi ularda bezalgan naqshlarga muvofiq: chorgul, bodomcha, atirgul, kapalak, tovus, oqpar, paxta, sadbarg, gulibarg, gulixaftbarg, gulbodom, gulig‘uncha, majnuntol, qirqoyoq, qurbaqa nusxa, bahor, Navro‘z…
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.