Do‘ppilardagi naqshlar kashtado‘zlarning ajoyib mahoratini, milliy o‘ziga xoslikni namoyish etib, xalqning ruhiyati, hayotga va tabiatning yorqin ranglariga bo‘lgan muhabbatini, jozibali anʼanalarda atrofdagi olam ranglarini gavdalantirishga bo‘lgan intilishini ifoda etadi.
Do‘ppilarni bezashda islimiy, zoomorfik, handasaviy, epigrafik naqshlardan foydalanilgan. Zoomorfik bezaklar orasida kuch, jasorat, himoya timsoli bo‘lgan qo‘y shoxlari ko‘p uchraydi. Ilon izi naqshi yomon ko‘zdan asrash vazifasini bajaradi. Baliq tasviri ayollar serpushtligi ramzi bo‘lgan.O‘simliksimon naqshlar orasidagi olachipor qushchalar xalqning baxt-saodat haqidagi tasavvurini ifodalaydi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.