Yuqoridagi qayd etilgan kitoblar kolleksiyalari orasida Andijonning Mingtepasida yashab o‘tgan, Dukchi Eshon nomi bilan tanilgan eshon Muhammad Ali Sobirov kutubxonasining nodir kitoblar fondi alohida ajralib turgan.
Andijondagi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni (1898 yildagi Andijon qo‘zg‘oloni) podsho qo‘shinlari tomonidan bostirilgandan so‘ng eshonning kutubxonasi to‘liq musodara qilingan va Turkistonlik sharqshunos olim N.P. Ostroumovning (1846 – 1930) iltimosiga binoan, kitobning bir qismi o‘sha davrda mintaqa tarixini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagiga topshirilgan. Keyinchalik ulardan 194 ta qo‘lyozma nusxalari Turkiston jamoatchilik kutubxonasi (hozirgi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi)ga topshirilgan va hozir kungacha Sharq qo‘lyozmalari fondini to‘ldirib turadi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi haqidagi boshqa ma’lumotlarni «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining qo‘lyozma va kitob merosi» ( XLI jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.