Ermitajda Oʻzbekistonga tegishli qanday eksponatlari saqlanmoqda?

Ular bilan qisqacha tanishing:
 

  1. Xiva va Qo‘qon xonliklari elchixonalari podshohga topshirgan “diplomatik sovg‘alar”.
  2. Shahrisablik hunarmandchilik bilan tikilgan xalatlar, hunarmandchilik buyumlar.
  3. "Buxoro chodiri", eng katta sharqona sovg'a va Ermitajning eng yirik eksponati bo'lib, u 100 m² dan sal ko'proq maydonni egallagan.
  4. Qimmatbaho materiallardan yasalgan buyumlar, metall, kulolchilik va toʻqimachilik, zargarlik buyumlari, meʼmoriy bezaklar, yodgorliklar va boshqalar saqlanadi.

     

Ermitajda taniqli bo’lmagan asarlar mavjud!

Ermitaj ko'pincha xalqqa  oldindan noma'lum rassomlar asarlarini taqdim etadi.
Ba’zida ular shu qadar noma'lumki, hatto muzey xodimlarning o'zlari muzey devorlarida borligi haqida bilishmay qolishadi.

1960-yilda Niderlandiya rassomining asarini Gollandiyalik san’atshunos  tasodifan topib oladi.

Muzey hodimlari san’atshunosni orqa xonada choy ichishga taklif qilishadi va ular shkafning orqasida bargni ko’rib qoladilar.
Bu topilma , Hendrik Goltzius tomonidan yaratilgan "Vakx, Serera, Venera va Kupidon" asari edi.
Asar 1772 yilda Ekaterina II tomonidan  sotib olingan. Rasmni qayta tiklash uchunyuborildi , undan keyin ko'rgazmada o'z o'rnini egalladi.
Ushbu voqeadan so’ng esa Ermitaj hodimlari yana yangi asarlarni topib qolish umidi bilan saroyning har bir burchaklarini diqqat bilan ko’zdan kechirib yuradilar. 

Yigirmanchi asrning boshlarida Ermitajda avtomobillar ko’rgazmasi ham mavjud edi.

Nikolay II avtomobillar kolleksiyasi bilan shug’ullanar edi.  1905 yilda u  birinchi avtomobilni sotib oldi, olti yildan so'ng esa taxminan 50 ta marka yig’ishga erishdi.
Aynan shu uchun Qishki saroy va kichik Ermitaj o’rtasiga maxsus garaj qurildi. "Mercedes" , "Delaunay-Belleville ",  "Rolls-Royce", "Brasier" , "Peugeot" ,  "Renault" va
"Russo-Balt" va "Lessner" rusumli avtomobillar bor edi. Garajda mashinalar uchun  kerak bo'lgan hamma narsalar bor edi: avtomobil yuvish, yoqilg'i quyish stantsiyasi va
hatto bug'li isitish tizimi (korroziyani oldini olish uchun) mavjud bo’lgan. Afsuski, bolsheviklar ham mashinalarni yaxshi ko'radilar va 1917-yilda Ermitajni talon-taroj qilganida,
Nikolayning butun to'plami izsiz yo'q bo'lib ketdi.