Ermitajdagi Samarqandning oltin dinori nimadan guvohlik beradi?

VIII–XV asrlarda O‘zbekiston hududida zarb etilgan tangalar Davlat Ermitaji to‘plamidagi numizmatik yodgorliklari ichida son jihatdan ko‘p, tarkib va mavzu jihatdan turlichadir.

Ular mazkur hududning ko‘rib chiqilayotgan davrdagi tarixini qamrab olib, ko‘p holatlarda boshqa eksponatlarni to‘ldiradi, baʼzilari esa muzey kolleksiyasida saqlanayotgan yagona «jonli tarixiy guvoh» hisoblanadi. Shartli ravishda katalogda taqdim etilgan materialni xronologik tartibda bir-birini almashtirib turuvchi bir nechta mavzuli bo‘limlarga bo‘lish mumkin.

Birinchisi buxorxudotlar zabt etgan kumush va mis tangalarning so‘nggi nusxalarini o‘z ichiga oladi. Mis tangalar ko‘p vaqt davomida Poykentda zarb qilingan deb, kelinar edi. Lekin XX asrning 90-yillari oxirida ular qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu bo‘limda «oliy hoqon» unvoni bor dirhamlardan biri eng qiziqarli bo‘lib, u Qarluq hoqoni Samarqandda bo‘lgan vaqtda zarb ettirilgan bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi bo‘lim ikkita yirik sulola – abbosiylar va somoniylar davrida zabt etilgan musulmon davri anʼanaviy tangalaridan iborat. Ushbu guruhda Samarqandning oltin dinori alohida eʼtiborga molik. Agar tangaga tegishli maʼlumotlardan xulosa qilinsa, u abbosiylar davriga to‘g‘ri keladi. Biroq amalda bu tanganing namunalari somoniy sulolasining vakili Ismoil I tomonidan zabt etilgan.

Hukmdor dastlab o‘z ismini tangaga yozishga jurʼat etmagan edi.

X asrning oxirida somoniylar davrining qudratli davlati butunlay yo‘qolib borayotgan paytda qoraxoniylar Movarounnahrga birinchi yirik harbiy yurishini amalga oshirdi. Ular vaqtida zabt etilgan tangalar uchinchi bo‘limni tashkil qiladi.

Hijriy 380-yil/990–991-yillarda Bug‘roxon Horun (Hasan) Isfijobni qo‘lga kiritgan va 382 hijriy yil/992–993-yilda somoniylar poytaxti Buxoroni bosib olgan. Bu haqda Davlat Ermitaji muzeyi to‘plamida saqlanayotgan oltin dinor guvohlik beradi. XIII asrda O‘rta Osiyo mo‘g‘ullar tomonidan bosib olindi, shaharlar vayronaga aylandi. To‘rtinchi mavzuli bo‘lim Chingizxon, uning avlodlari – jo‘chiylar va chig‘atoylar, shuningdek XIV asrning 60–70-yillarida Xorazmda hukmronlik qilgan mahalliy sufiylar sulolasi tomonidan emissiya qilingan tangalar bilan bog‘liq.

Davlat Ermitaji muzeyining to‘plamida saqlanayotgan ushbu davr oltin tangalari mo‘g‘ullar hukmronligi davridagi O‘rta Osiyo numizmatikasining noyob yodgorliklaridir. Amir Temur va temuriylar davrining numizmatik yodgorliklariga bag‘ishlangan bolimda Amir Temurning o‘zidan avvalgi chig‘atoy “qo‘g‘irchoq” hukmdorlari Suyurg‘atmish va Mahmudxon nomidan chiqarilgan oltin, kumush va mis tanga[1]lari hamda Boysunqur va Zahiriddin Muhammad Boburning XV asrda zabt ettirgan tangalari taqdim etilgan. Albatta, 783 hijriy yil/1381–1382 yillarda Amir Temur Samarqandda va Suyurg‘atmish Xorazmda zabt ettirgan oltin dinorlari, shuningdek Samarqandning og‘ir kumush dinori bu kichik bo‘linmaning asl javohirlaridir.

Batafil: "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, XV tom, "Davlat Ermitaji to‘plami"da o‘qishingiz mumkin.