Ermitajni ko'rib chiqish uchun 11 yil kerak bo’ladi...

Ermitaj nafaqat Rossiyaning balki butun dunyoning eng mashhur muzeylaridan biridir.
Yiliga muzeyga 5 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi va eksponatlar soni uch milliondan oshib ketdi.
To'plamlar beshta binoda joylashgan, eksponatlarning oldidan o’tib ketishning o’ziga hech bo’lmaganda 24 kilometr kechish kerak bo’ladi.
Agar har bir san'at asari oldida  kamida bir daqiqa tursangiz, u holda bu jarayon 11 yilga cho’ziladi.
Shunday qilib siz kuniga 8-10 soat muzeyda sayr qilishingizga to’g’ri keladi.

Ermitaj Buyuk Ekaretinaning shaxsiy kollektsiyasi sifatida paydo bo'ldi: imperator ayol  183 ming talerga 317 qimmatbaho rasm to'plamini sotib oldi.
Polotnolar saroyning alohida  xonalariga joylashtirilgan, shundan ham fransuzchadan “ermitaj” so’zi yolg’iz, alohida makon nomini bildiradi.
Ushbu saroydagi jamlanma  asta-sekin yangi nusxalar bilan to'ldirilgan,ammo har bir kishi ham zallarga tashrif buyurolmagan.
Hatto, Aleksandr Pushkin kollektsiyani faqatgina Vasiliy Jukovskiyning talablaridan so'nggina ko'rishga muvaffaq bo'ldi.

Ermitaj 1852 yilda Nikolay I tomonidan mehmonlar uchun ochilgan va 1880 yilga kelib muzeyga 50 ming kishi tashrif buyurgan.
Imperator muzey atrofida yolg’iz  aylanib yurishni juda yaxshi ko'rar edi:
o'sha vaziyatda unga ichki masalalarda turli savollar bilan murojat qilish mumkin bo’lmagan.



Ermitaj ko'pincha xalqqa  oldindan noma'lum rassomlar asarlarini taqdim etadi.
Ba’zida ular shu qadar noma'lumki, hatto muzey xodimlarning o'zlari muzey devorlarida borligi haqida bilishmay qolishadi.

1960-yilda Niderlandiya rassomining asarini Gollandiyalik san’atshunos  tasodifan topib oladi.

Muzey hodimlari san’atshunosni orqa xonada choy ichishga taklif qilishadi va ular shkafning orqasida bargni ko’rib qoladilar.
Bu topilma , Hendrik Goltzius tomonidan yaratilgan "Vakx, Serera, Venera va Kupidon" asari edi.
Asar 1772 yilda Ekaterina II tomonidan  sotib olingan. Rasmni qayta tiklash uchunyuborildi,
undan keyin ko'rgazmada o'z o'rnini egalladi. Ushbu voqeadan so’ng esa Ermitaj hodimlari yana yangi asarlarni
topib qolish umidi bilan saroyning har bir burchaklarini diqqat bilan ko’zdan kechirib yuradilar.