Farg‘ona kulolchiligining o'ziga hosligi

Tyan-Shan va Oloy tog‘lari o‘rtasida Sirdaryo bo‘ylab cho‘zilgan, unumdor Farg‘ona vodiysi, bugungi kunda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida bo‘linib ketgan bo‘lsa-da, ko‘p asrlik an’analarga ega bo‘lgan kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng yirik markaz bo‘lib qolmoqda.

 

Tabiiy boyliklarga boy bu mintaqa Markaziy Osiyoda aholi zich joylashgan hududlardan biri  sanaladi. U asrlar davomida ko‘plab hunarmandchilik sohalarining, xususan, pillachilik va kulolchilik sohasining beshigi hisoblangan. Bu yerda kulolchilik mahsulotlari Ishlab chiqarishning eng muhim markazlari rivojlangan bo‘lib, ularning O‘zbekistondagi eng mashhuri Rishton markazi hisoblanadi. Xorazm ustalarining buyumlari kabi Farg‘ona kulolchilik mahsulotlari ham o‘zining ko‘plab, yorqin ishqorli sir yordamida hosil qilingan, nozik farq qiluvchi oq-ko‘k koloriti bilan  alohida ajralib turadi. Yirik va unchalik xilma-xil bo‘lmagan Xorazm buyumlari bilan taqqoslaganda, Farg‘ona idishlari o‘zining boy va murakkab naqshlar bilan bezatilgan xilma-xil turlari va shakllari bilan farqlanadi. Ular, shuningdek, vazifasiga ko‘ra ham xilma-xildir. 
 

 

Ushbu mintaqada ishlab chiqariladigan nafis idish-tovoqlar orasida turli idishlar, xususan, go‘shtli va sabzavotlardan tayyorlangan taomlarni tortiq qilish uchun ishlatiladigan kosalar, kosachalar, dukki kosa deb nomlanadigan murabbo va boshqa shirinliklarga tortiq qilish uchun ishlatiladigan katta kosalar ham bor. Shuningdek sut mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan turli xil idishlar ham ommalashgan.

Xurma deb ataladigan ikki tutqichli va qopqoqli idishlar va shu kabi kunchuloq va zag‘uldon nomli chuchuk qatiq ivitiladigan idishlar ham juda ko‘p ishlatiladi. Shuningdek, mintaqada suv uchun ishlatiladigan oftoba, deb ataladigan qumg‘onlar va suvni saqlash uchun ishlatiladigan katta ko‘za – xumlar ham ishlab chiqariladi.
 

 

Farg‘ona kulolchiligi o‘zining o‘zbek va tojik markazlarida bir-biridan ozroq farq qiladigan, muayyan uslubga solingan o‘simlik gulli boy va xilma-xil naqshlari bilan yoki idishlar yuzasini bezab turgan xochsimon kompozisiyalari bilan ajralib turadi. Ularni yashil va jigarrang tuslariga ko‘ra nozik farqlanuvchi yorqin moviy rangdan tortib to quyuq kobalt rangigacha bo‘lgan ko‘k rangning palitrasi birlashtirib turadi.

Bu haqda batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidan “Polsha muzeylaridagi O‘zbekiston madaniy merosi”(XL jild) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.