Farg‘ona xattotlik maktabi namoyandalari

Zahiriddin Muhammad Bobur – mashhur davlat arbobi, sarkarda, shoir, tarixchi va ixtirochi-xattot. Hindistonni boshqarib turgan vaqtida Bobur arab xatining turli shakllarida yoziladigan alohida bir xat ixtiro qilgan. Bu yangi xat «Xatti Boburiy» deb atalgan.

 

Muhammad Latif ( XIX a sr) Qo‘qonning mashhur kotiblaridan bo‘lib, Shahrisabzlik Muhammad Sharifning o‘g‘lidir. 1813 yil nasta’liq xati bilan Navoiyning «Chor devon»ini ko‘chirgan. Devon nihoyatda xushxat, ziynatli, zarhal lavhlidir (inv. № 1715).

Mirzo Dabir XIX asrning birinchi yarmida yashagan, 1836 yil Qo‘qonda Muhammadalixon buyrug‘i bilan Fuzuliyning devonini nasta’liq xatida nihoyatda go‘zal ko‘chirgan (inv. №№ 150, 3465).

Muhammad Aminxoja Mirzoxoja o‘g‘li Muqimiy shoir va xattot bo‘lgan (vaf. 1903 y.). Go‘zal nasta’liq xatida jaliy qalam bilan qit’a va ruboiylar ko‘chirgan (inv. № 9309).

Ma’sumxon Gulxaniy (vaf. 1922 y.) shoir v a x attot, Muqimiyning zamondoshlaridan bo‘lib, ko‘p darslik kitoblar ko‘chirgan.

Rojiy Xuqandiy (vaf. 1924 y.) bir qator asarlarni ko‘chirgan xattot. Ko‘chirgan qo‘lyozmalarining bir qismi Qo‘qon adabiyot muzeyida saqlanadi.

Ishoqxon To‘raqo‘rg‘oniy (vaf. 1937 y.) ma’rifatparvar, shoir va xattot, adabiy taxallusi «Ibrat». Institut jamg‘armasida uning dastxati bilan bitilgan qo‘lyozmalar bor (inv. №№ 10117, 11618).

Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.