«Farhodning dengiz sayohati»

Rossiya milliy kutubxonasida Аlisher Navoiy «Kulliyot»i ham saqlanyapti.

 

Undagi shoirning «Farhod va Shirin» dostoniga ishlangan «Farhodning dengiz sayohati» miniatyurasi alohida ahamiyatga ega. Maʼlumki, miniatyurada Chin shahzodasi Farhod sehrli ko‘zguda ko‘ringan notanish sohibjamolning ishqida yonib-kuygani tasvirlangan. Tabiblarning maslahati bilan uning otasi dengiz sayohatiga olib chiqishi, u o‘g‘lini muz qoplagan baland tog‘lar va shifobaxsh salqin jilg‘alar ko‘p orolga yetkazmoqchi bo‘ladi. Ikki kundan so‘ng dengiz yo‘lida bo‘ron boshlanadi.

Farhod qayiqqa o‘tirganida uni dovul olib ketadi, otasining kemasini esa ertalab Chin qirg‘oqlariga olib boradi. Farhodning qayig‘ini Hindistondan Yamanga suzib ketayotgan, lekin bo‘ronda adashgan savdogarlar topib olishdi. Ular to‘satdan dengiz qaroqchilarining tezyurar qayiqlarini ko‘rib qolishadi. Tajribali dengizchilar qaroqchilar kemani yoqish uchun neftli to‘plarni otishlari va keyin uni talon-toroj qilishlarini bilishardi. Hammani vahima qamrab olganida Farhodgina xotirjam edi.

U barchaga kamon va o‘q olib kelishni buyurdi va neftь to‘la idishlarga ota boshladi. 

U otishni to‘xtatgandagina boshqalar qochib ketishdi. 

Mana shu voqealar miniatyurada aks etgan. Miniatyuralar tavsifida keltirilgan, matnga O.Yastrebova tomonidan kiritilgan sheʼriy misralar o‘zbek va ingliz tillariga rus tilidan tarjima qilingan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «XV–XVII asrlar Movarounnahr kitobat san'ati» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.