Firdavs Abduxoliqov: O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tashabbuslari tufayli ilmiy hamkorligimiz yuksalib bormoqda

Eslatib o'tamiz, Bokuda O‘zbekiston fan va madaniyati kunlari boshlandi.

– O‘zbekiston va Ozarbayjon – tili, anʼana va urf-odatlari jihatidan bir-biriga juda yaqin davlatlar. Bugun ikki davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning taʼlim sohasidagi tashabbuslari tufayli ilmiy hamkorlik imkoniyatlari chuqurlashib bormoqda, ikki davlat o‘rtasida tobora ko‘proq qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bugun biz ozarbayjonlik hamkasblarimiz va Butunjahon jamiyati aʼzolari bilan birgalikda taqdim etayotgan suratlarga boy kitob-albomda nodir numizmatik kolleksiyalar tarkibida Buxoro amirining sovg‘alari – zarhal kumushdan yasalgan Qurʼon g‘ilofi, shuningdek, zarhal va sir bilan qoplangan, nafis bezatilgan va o‘yib ishlangan idishlar to‘plami, Buxoro amiri Said Mir Abdulahadxonning noyob fotosurati, XIX asrning ajoyib so‘zanalari va boshqa osori atiqalar – o‘zbek madaniyati va sanʼati xazinalari, jumladan, qo‘lyozma merosi, olimlar, shoirlar, madaniyat arboblarining arab, fors va o‘zbek tillaridagi qo‘lyozma nusxalari ham bor, – deydi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) raisi Firdavs Abduxoliqov.