Firdavs Abduxoliqov: "Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev buyuk merosimizni asrash, oʻrganish va targʻib qilish g'oyasining asoschisi va tashabbuskori"

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan ochiqlik, O‘zbekiston xalqining madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib etish borasidagi siyosati va bevosita ko‘magi natijasida yuzaga kelgan.

 

"Ushbu loyiha o‘tmishda zaminimizda yaratilgan va hozirda turli sabablar tufayli dunyoning yirik kutubxonalari va muzeylarida, shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan sanʼat va madaniyat durdonalari haqida maʼlumot to‘plash maqsadida tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida yuzlab olimlar, mahalliy va xalqaro ekspertlar, mutaxassislar ko‘magida dunyoning turli o‘lkalarida saqlanayotgan noyob madaniy merosimiz haqida to‘plangan maʼlumotlarning 60 jildi “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumida chop etildi. Bu yilgi kongressimizda esa mazkur turkumda 61–70 jilddan iborat 10 ta yangi kitob-albom taqdim etilmoqda.

Bundan tashqari yana o‘ndan ortiq noshirlik loyihalarimiz taqdimotlari o‘tkaziladi. Albatta, bularni to‘plash oson bo‘layotgani yo‘q. Lekin hukumatimiz va homiy tashkilotlar ko‘magida, zahmatkash olimlarimizning izlanishlari natijasida noyob manbaalarni o‘rganishga va ularni xalqimizga hamda butun dunyoga O‘zbekiston madaniy merosi sifatida taqdim etishga erishayapmiz".

O'zbekiston madaniy merosini saqlash, o'rganish va ommalashtirish Butunjahon jamiyati raisi,

san'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori 

Firdavs Abduxoliqov.