Foto: Orol dengizining XKSdan ko‘rinishi:

XKS kosmonavti Oleg Artemev internet foydalanuvchilari iltimosiga ko‘ra Orol dengizi suratlarini e’lon qildi.

Suratda O‘zbekistondagi G‘arbiy va Sharqiy Orolning bir-biri bilan ingichka suv yo‘li bilan tutashgani hamda Qozog‘istondagi Kichik Orolning zumrad oynadek turgani aks etgan. 

Hozirda Xalqaro kosmik stansiyasida xizmat qilayotgan rossiyalik kosmonavt Oleg Artemev Orol dengizining koinotdan olingan suratlarini e’lon qildi. Fotosuratlar blog o‘quvchilarining iltimosiga ko‘ra olingan, dedi u.

Suratda O‘zbekistondagi G‘arbiy va Sharqiy Orol bilan Qozog‘istondagi Kichik Orol ko‘llarining bir-birlari bilan ingichka suv yo‘llari orqali tutashib turganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq fotosuratchi Azamat Matkarimov obyektivida Mo‘ynoqdan Orolga boradigan yo‘l suratlarini e’lon qilgan edik.

Manba:Gazeta.uz