Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, 1789 yilgi Fransiya inqilobidan keyin, Milliy kutubxona 1801 yilda G‘arbiy Hindistondagi Bandar-Surat shahrida yashagan Fransiya-Hindiston kompaniyasi sobiq xizmat-chisi Pyer de Bryues kutubxonasidagi uncha katta bo‘lmagan Fors antologiyasini qo‘lga kiritgan.
Mirzo Muhammad al-Kotib tomonidan ko‘chirilgan mazkur antologiya Surat shahrida Bryues uchun biroz qayta tiklangan, muqovalangan, ungacha qo‘lyozma Boburiylar sulolasi (Buyuk mo‘g‘ullar) shohlari to‘plamlarida saqlangan.
Ancha paytgacha qiyosiy material yo‘qligi tufayli Markaziy Osiyodan keltirilgan qo‘lyozmalarga e'tibor berilmagan. 1860 yilga qadar kitob illyuminatsiya va miniatyurasiga bo‘lgan qiziqish juda kam edi. Faqat Fuke yoki Kolber kabi ba'zi kitobsevarlar hashamdor ziynatlangan Sharq qo‘lyozmalariga e'tibor bergan. Olimlar va tadqiqotchilar esa Sharq qo‘lyozmalarining ko‘proq ahamiyatga molik eng yaxshi nusxalarini topishga intilishgan.
O‘sha paytda Buxoro va Samarqandga borish ancha qiyin bo‘lib, kitoblarni Istanbul, Halab, Qohira, Isfahon yoki Hindistondan topish mumkin edi. XIX asrning o‘rtalariga qadar tarixchilar Movarounnahr bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga ega bo‘lmasalar-da, Peti de La Krua (XVII asr) kabi olimlar Amir Temur va temuriylar haqidagi hujjatlarni topishga nihoyatda qiziqar edi. Shu sababli XIX asrgacha to‘plangan ba'zi qo‘lyozmalar, bunday aloqalar tarixi uchun nihoyatda muhim hisoblanadi.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.