Ganjaviyning asarini eronga kim olib kelgan?

Nizomiy Ganjaviyning «Mahzan ul-asror» dostonining qo‘lyozma nusxasi Ba'zi noma'lum sabablarga ko‘ra, mazkur to‘plam safaviylar Eroniga jo‘natiladi, u yerda 1610—1620 yillarda kitobning zarvarag‘iga isfahonlik mashhur Rizo Abbosiy uslubida nafis tarzda bezalgan juft sahifa biriktiriladi.

Shu bilan birga unga safaviylar uslubidagi yangi charm muqova qoplanadi. Keyinchalik qo‘lyozma yana qo‘ldan qo‘lga o‘tib, ehtimol, hind amaldoriga tuhfa qilingan bo‘lishi mumkin. Chamasi, shoh Jahongir hukmronligi davrida (1605 – 1627) ushbu qo‘lyozma saroy kutubxonasiga kelib qolgan ko‘rinadi. Har ikki miniatyurada musavvir Mahmud Muzahhibning imzosi bor va ularga ba'zi bir o‘zgarishlar kiritilgan. Ayniqsa, qahramonlarning yuzlarida bu yaqqol ko‘rinadi. Bu o‘zgarishlar, ehtimol, Jahongirning istagiga ko‘ra, kiritilgan hamda bezakchi Muhammad va portretchi Muhsin nomi bilan imzolangan. 1739 yilgacha mazkur qo‘lyozma Dehlidagi podshohlik kutubxonasida saqlangan. Shahar Nodirshoh tomonidan zabt qilingan vaqtda mazkur qo‘lyozma Nodirshohning xizmatida bo‘lgan mashhur tarixchi va kollektsiyachi Mirzo Mahdiy Xon Kavkab Astrobodiy qo‘liga tushib qoladi va yana Eronga olib ketiladi. Mirzo Mahdiyning o‘limidan keyin mazkur kitob Abbos Mirzoning o‘g‘li, qojorlar shahzodasi Rukniddin Ardasher (1866 y.v.e.) qo‘liga o‘tadi.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.