Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Eron va turk dunyosida serhasham ziynatlangan va bezatilgan qo‘lyozmalarni tayyorlash har doim homiylik bilan bog‘liq bo‘lgan.
Aynan saroy qoshida «kitobxona olami (kutubxona-ustaxona)» shakllangan bo‘lib, uning rahbari (kalantar yoki kitobdor deb nomlangan) o‘z atrofida xattotlarni, muzahhiblarni, musavvirlarni, qog‘ozgarlarni, kitob jildlovchilarni birlashtiradi. Hukmdorning talabiga binoan, kitobdor qo‘lyozmani hukmdorning kutubxonasi yoki sovg‘a sifatida qabul qilib oladigan boshqa bir mansabdor uchun o‘ziga xos uslubda tayyorlagan.
Bir-biriga juda o‘xshash miniatyuralar sonining ko‘pligi XVI asr Buxoro san’atining o‘ziga xos xususiyatlardan biridir. Bu o‘ziga xoslik, ayniqsa, ko‘p hollarda muallif imzolarining yo‘qligi musavvir shaxsini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Boshqa tomondan bunday ulkan hajmdagi asarlar tarkibidagi bir-biriga o‘xshash miniatyuralarni qiyoslash ba’zan o‘sha davrdagi Movarounnahr san’ati taraqqiyotini o‘rganishga imkon beradi.
Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.