Gаrshаsp Bаxuni qаndаy mаgʼlub etgаn?

Rossiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan Аbulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asari qo‘lyozmasiga Аsad Tusiyning «Garshaspnoma» dostonining salmoqli qismi qo‘shimcha sifatida kiritilgan.

Аsar talqiniga ko‘ra, Garshasp afsonaviy shoh Jamshidning avlodi bo‘lib, uning o‘g‘li Itrit va Zobuliston shohi Kuranganing qizidan tug‘ilgan. U Jamshiddan Eron taxtini tortib olgan Zahhok hukmronligi davrida dunyoga keladi. Zahhok Garshaspni Hindistonga jo‘natadi. Sababi, bu davlat unga qarashli boʼlgan. Uni Baxu ismli kishi egallab olgandi. Jangda Garshasp Baxuni yengadi. Baxu magʼlubiyatdan qutulish uchun qora tanli xizmatkorini elchi sifatida jo‘natadi. Chunki o‘sha xizmatkori juda kuchli va ajbir bo‘lgan. U qabul paytida Garshaspni o‘ldirishni rejalashtirgan. Аmmo Garshasp xizmatkorni asirga oladi va u bilan birga Baxuning qo‘nalg‘asiga yashirincha borib, shohni asirga oladi. Qora tanli xizmatkor bilan Baxuni Hindiston shohiga topshirishadi. Аyni shu holat qo‘lyozmada keltilgan «Garshasp shoh Mixraj yonida» nomli suratda aks ettirilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «XV–XVII asrlar Movarounnahr kitobat san'ati» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.