Go'ri Amir maqbarasi haqli ravishda Markaziy Osiyo me'morchiligining namunasi hisoblanadi...

Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir “Mir Sayyid Baraka“ deb nomlanib kelinadi.
Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va boshqalar dafn etilgan.

Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan.
Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egalla-gan.
Hovlining janubida gumbazli maqbara joylashgan.



Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan.
Madrasa va xonaqoh chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egallagan.
Hovlining janubida gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga janubdan, Ulug‘bek qurdirgan dalon 1424-yil orqali kiriladi.
Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi baland toqi — ravoqli, tepasi yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan.
Tashki gumbazi 64 qobirg‘ali, baland poygumbaz diametri — 15 metr va ballandligi esa.12,5 metrga o‘rnatilgan.



Ziyoratxona o‘rtasidagi marmar panjara bilan o‘ralgan murabba xazira sahniga qator qabrtoshlar qo‘yilgan. Yuqorisi to‘rida Amir Temurning harbiy yurish-larida unga hamroh bo‘lgan va uning yuk-sak hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari qat’iy tartibda joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Ulug‘bek Mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o‘ymakori yozuvlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma marmar panjara bilan o‘ralgan. Ziyoratxonaning sharqiy qismidagi ravoqdan zina orqali ostki qavatidagi go‘rxonaga tushiladi. Go‘rxona sakkiz qirrali. Undagi sag‘analar yuqori qavatda qanday joylashgan bo‘lsa, bu yerda ham shu tartibda joylashgan.
Ziyoratxonadagi qabrtoshlarning 431 har biri yuksak san’at asaridir.
Ziyorat-ona serhasham bezaklarga boy. Bo‘rtma bezak kundallar zaminiga lojuvard rang gullar ishlangan. Izorasi yashil toshdan girih shaklida terilgan. To‘rtta chuqur ravoqlardagi darchalarga o‘sha vaqtda rangli oyna o‘rnatilgan.
Oltin va kumush qandillardagi shamlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug‘vor va afsonaviy tus olgan. Tashqarisi sirkor g‘ishtchalar bilan bezatilgan. Gumbaz va uning poyidagi bezaklar, turli arabiy yozuvlar alohida ko‘zga tashlanadi. Maqbara darchalarida yog‘ochdan ishlangan nafis panjaralar, eshiklarida esa murakkab qo‘sh zaminli o‘ymakor bezaklar bo‘lgan. Maqbaraning g‘arbiy tomoniga baland peshtoq yon-dashgan.
Taxminlarga ko‘ra bu peshtoq qoldiklari 17-asrga mansub.

  • Temurning mashhur tarixchisi Sharof ad-Din Ali Yazdi: "Ushbu binoni gumbazi baland edi, huddi falak kabi, binoning pastki qismlari tillali va bir yuzali naqshlar bilan marmarda bezatilgan” deb yozgan edi.
     
  • Keyinroq 1405-yil bu yerda Amir Temurning o'zi ham dafn etilgan.