“Gulf News”: O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari aholisi tashrif buyuradigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ortiqcha pul to‘lamaslik uchun O‘zbekistonga chiptalarni oldindan bron qilish tavsiya etiladi. “Kuchli talab tufayli kelgusi haftalarda tariflar oshishi kutilmoqda”, — deyiladi gazetada.
14 davlatdan iborat ushbu roʻyxatga Oʻzbekiston bilan birga Armaniston, Gruziya, Keniya, Singapur, Serbiya, Tailand, Maldiv orollari, Xorvatiya, Nepal, Gretsiya, Ozarbayjon, London va Turkiya ham kiradi.
Ma’lumot uchun: Gulf News – Birlashgan Arab Amirliklarining ingliz tilidagi kundalik gazetasi. U birinchi marta 1978 yilda ishga tushirilgan va hozirda BAA va boshqa Fors ko'rfazi mamlakatlarida tarqatilmoqda. Uning onlayn nashri 1996 yilda boshlangan.