«Guliston» qo‘lyozmasini kim ko‘chirgan?

Sa'diyning «Guliston» asariga fransiyaliklarning qiziqishi yuqori bo‘lgan.

Marto kollektsiyasidagi «Guliston» qo‘lyozmasi ham kolofoniga ko‘ra, 950/1543 yilda kitobdor Sulton Mirak Munshiy rahbarligida xattot Mir Ali al-Kotib tomonidan ko‘chirilgan. Unda qayd etilishicha, bu voqea 1540-1550 yillarda Buxoro hukmdori Muzaffariddin Abdullaziz Bahodurxon davrida sodir bo‘lgan. Qo‘lyozmada beshta miniatyura bor. Zarhalchi Masih muzahhibning ismidan boshqa hech bir miniatyura imzolanmagan. Biroq hindistonlik kutubxonachilar miniatyurani mashhur musavvir Abdulloh Xoqoniy nomiga bog‘lab, bitik kiritgan. Qo‘lyozma Boburiy shohlar saroy kutubxonasida saqlangan hamda Jahongir va Shoh Jahon kiritgan qo‘shimchalar bor. Afsuski, hindistonlik kutubxonachilar va olimlarning ko‘plab muhr va qaydlari o‘chib ketgan. Keyinchalik qo‘lyozma Eronga kelib qolgan. Kitobni Martoga sotgan savdogar haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.