Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi «Dor us-sodot» meʼmoriy majmuasining asosiy yodgorligi boʼlgan Jahongir Mirzo (yoki Hazrati Imom) maqbarasida saqlanib qolgan bitiklardan birida “Oqil oʼz amaliga suyanadi, johil esa oʼz orzu-umidiga” degan purmaʼno hikmat bitilgan.
Аytish mumkinki, bu bitikda keltirilgan hikmatning bugungi kunda ham ahamiyati yoʼqolmagan. Yaʼni undagi hikmat yillar isbotlagan haqiqatdan dalolat, deyish mumkin. Taʼmirlashlar sabab bitiklar va naqshlar qisman saqlangan, xolos. Ularning ayrim qismlari qayta tiklangan boʼlsa-da, ammo bu ish muvaffaqiyatli chiqmagan. Biz yuqorida keltirgan bitik islimiy naqshli fonga koʼk rangdagi harflar bilan suls xatida yozilgan.
“Oʼzbekiston madaniy merosi dunyo toʼplamlarida” loyihasi tadqiqotchilarining fikricha, saqlanib qolingan ushbu ham taxminan XIX asrda, ehtimol, maqbaraga yangi eshik oʼrnatilgan kezlarda qayta tiklangan (yoki yangidan yozilgan) boʼlishi mumkin.
Darvoqe, Sharafiddin Аli Yazdiy oʼzining “Zafarnoma” asarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi «Dor us-sodot» meʼmoriy majmuasining asosiy yodgorligi boʼlgan Jahongir Mirzo (yoki Hazrati Imom) maqbarasini «xoriqulodda (favqulodda) baland inshoot» deb atagan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” nashri ostida chop etilgan Qashqadaryo viloyatiga bag‘ishlangan kitob-albomida tanishishingiz mumkin.