Hazrati Xizr masjidi — Samarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlaridan biridir...

Hazrati Xizr masjidiSamarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlaridan biridir.

  • Ziyoratgoh 19-asrga oid Samarqanddagi birinchi musulmon masjidi va me’moriy obidasi sifatida e’tirof etilgan…




Afsonaviy oʻlmas shaxs Hazrati Xizr nomi bilan bogʻliq. Bino Shohizinda majmuasi qarshisidagi tepalikda joylashgan,
Masjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, Hazrati Xizr nomi bilan atalgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, dastlab sajdagohi mavjud bo’lgan.



Zamonaviy masjidni 1854-yilda qadimiy poydevor ustida barpo etdilar. Inshootni sezilarli darajada qayta qurishgani sababli uning dastlabki ko‘rinishi butunlay yo‘qotilgan edi.
Unga taqab kvadrat shaklidagi inshoot — Gumbazli darvozaxonani bunyod qilishdi. Yana ikki chetida guldasta minoralarga ega kirish peshtoqi va sharqona nafis minora ham barpo etildi.
Binoning orqa tomonida ham guldasta minora bor.
Binoga qaraganingizda minorani yakka o‘zini ko‘rmaysiz va unga qaraganingizda simmetriya hissi uyg‘onadi.

  • Hazrati Xizr masjidi faqatgina 1919-yilga kelibgina hozirgi ko‘rinishga ega boldi.




Masjidning tashqi pardozi boshqa shunday inshootlarning pardozidan farqlanadi. Unda odatiy bo‘lgan ko‘k va yashil ranglarning ustunligini ko‘rmaysiz. Aksincha sarg‘ish va qizg‘ish-jigar rangli bezaklarni ko‘rish mumkin.

  • Ayvonning yorqin shiftini jimjimador naqshlar bezatishgan. XIX asrga tegishli bo‘lgan va nafis o‘yma naqshlar bilan bezatilgan yog‘och eshik alohida qimmatga ega.



 

Hazrati Xizr masjididan Bibixonim maqbarasi va uning qarshisida Amir Temur tomonidan unga bag‘ishlab qurilgan ulkan ansambl ko‘rinib turadi. Xalq orasida uni “Bibixonim” deb atashadi.

  • Sizga yaxshi ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov vafotidan so'ng Samarqanddagi Hazrati Xizr majmuasiga dafn etilgan.