Ma’lumki, 1266—1287 yillarda Dehlida sulton G‘iyosiddin Balbon hukmronlik qilgan.
Ushbu davrda qo‘lbola qog‘oz ishlab chiqarish keng tarqalgan. Markaziy Osiyo mintaqasidan kelgan ko‘plab qog‘oz ishlab chiqaruvchilar hukmdorlar va fan olamining ushbu yozuv vositasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun Hindistonga kelishadi. Bugungi kunda ham Hindistonning ko‘plab tarixi shaharlarida Qog‘oziparaz va Qog‘ozi nomli mahallalarni uchratishimiz mumkin.
Ular bilan birga bu yerga xattotlar kelishdi va buyurtma bo‘yicha kitoblardan nusxalar ko‘chirishdi, o‘z navbatida savodxonlikka nisbatan o‘sib kelayotgan talabni qondirish uchun mahalliy yosh kotiblarga ham ta’lim berdilar.
Mavzuga doir batafsil maʼlumotni “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” turkumidagi “Oʻzbekiston adabiy merosi Rampur Razo kutubxonasi toʻplamida” (XXXIII jild) kitob-albomidan bilib olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.