Hirot hukmdori Sulton Boysung‘ur kimlarga homiylik qilgan?

Hirotlik mashhur hukmdor, fan va san’at homiysi Sulton Boysung‘ur ibn Shohrux 1433 yilda olamdan o‘tgan. Biroq «Supplément turc 190» raqamli miniatyura uslubiga ko‘ra, Sulton Boysung‘ur hali hayotlik chog‘ida uning kitobxonasida tayyorlangan ishlarga juda yaqin.

1405 yilda Shohrux Xuroson hukmdori bo‘lgan, Hirot esa 1447 yilgacha uning poytaxti sanalgan. Boysung‘urning o‘zi ham kitoblar to‘plash bilan shug‘ullangan va Hofizi Abru (1430 y.v.e.) kabi tarixchilarga homiylik qilgan.

Baysung‘urning madaniyat sohasidagi faoliyatining avjiga chiqishidan oldin ham, Hirotda otasi Shahrux tomonidan barpo etilgan kitobxona mavjud edi. Ushbu kitobxonadan bir necha qo‘lyozmalar chiqgan, jumladan, Hofizi Abruning "Majmaʼ al-Tavarix" tarixiy asari. Shohrux Baysung‘urning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlab, uni Eronning barcha hududlaridan eng yaxshi ustalarni yig‘ishga yordam bergan.

"Kitob ustalari" (xattotlar, munavvarchilar, miniatyurachilar, jildlovchilar va boshqalar) bilan bir qatorda, ustaxonada zargarlar (zargaran), duradgorlar (nadjar), hatamband va kashitarosh ustalari, o‘ymakorlik, gravyura va boshqa metall ishlari ustalari ham ishlagan. Shunday qilib, ustaxonada ishlab chiqarilgan ishlar doirasi haqiqatdan ham keng edi.

Mavzu doirasida batafsil «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi «MOVAROUNNAHR BЕZAKLI QO‘LYOZMALARI FRANSIYA TO‘PLAMLARIDA» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.