Ibn Sino davrining Oksford kutubxonasida saqlanayotgan ilmiy qomus haqida bilasizmi?

450 dan ortiq asarlar yozgan Sharqda «Shayx ur-rais», G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur Ibn Sinoning eng yirik falsafiy asari «Kitab ash-Shifa» («Shifo kitobi») hisoblanadi.

 Uni o‘z davrining ilmiy qomusi, deyish mumkin. Bu asar 18 jilddan iborat. Uning to‘liq nusxasi Buyuk Britaniyaning Oksford kutubxonasida saqlanadi.

Asar 4 qismdan iborat:

1) Mantiq;

2) Tabiiy fanlar (bu qismida minerallar, o‘simliklar, hayvonot olami va inson haqida fikr yuritiladi);

3) Matematika, yaʼni riyoziyot ilmlari (bunda arifmetika, handasa, astronomiya va musiqa fanlari haqida

bahs yuritiladi);

4) Metafizika yoki ilohiyot.

Abu Ali ibn Sinoning «Kitab an-Najat» («Najot kitobi») asarida esa «Kitab ash-Shifa»ning mazmuni qisqartirib bayon qilingan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining "O‘zbekiston madaniy merosi" turkumi ostida chop etilayotgan “Abu Ali ibn Sino asarlari qo‘lyozmalari Turkiya kutubxonalarida” kitob-albomida tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.